Televizorlari
Har qanday tomosha uchun yaratilgan Samsung televizorlari bilan tanishing
Samsung’ning eng so‘nggi televizorlar qatori bilan tanishing:
Micro RGB, OLED, Neo QLED, Mini LED, QLED, Crystal UHD hamda interyer uchun mo‘ljallangan The Frame televizorlari.
Kino kabi hordiqdan va to‘liq sho‘ng‘ishli o‘yinlardan tortib, zamonaviy interyerlargacha – uyingizga mos televizorni toping.
Sizga qaysi Samsung televizori mos keladi?
Kino sifatidagi tasvir, ravon o‘yin, yorug‘ xonada qulay tomosha, ochiq havoda hordiq yoki interyerga jo bo‘ladigan dizayn – nimani xohlasangiz ham, uyingiz uchun mos Samsung televizorini toping.
Micro RGB
OLED
Neo QLED
Mini LED
QLED
Crystal UHD
The Frame
Micro RGB
Uyda premium darajadagi ko‘ngilochar tomosha va a’lo tasvir sifati uchun mos
Samsung Micro RGB televizorlari mikroskopik o‘lchamdagi RGB yoritgich hamda Color Booster Pro1 va "Akslarsiz"2 texnologiyalari bilan jihozlangan. Ranglar mayda detallarigacha aniq, tasvir yorqin, kontrast boy, tomosha esa to‘liq sho‘ng‘ish hissini beradi.
* 4 ta asosiy xususiyat: Micro RGB texnologiyasi | Micro RGB AI Engine Pro | Micro RGB Precision Color 100 | Vision AI Companion
OLED
Chuqur qora rang va kino kontrastini yoqtiradigan kino ixlosmandlari hamda geymerlar uchun mos
Samsung OLED televizorlarida har bir piksel o‘zi yorug‘lik chiqaradi, shuning uchun qora rang chuqur, kontrast boy, ranglar yorqin, harakat esa ravon bo‘ladi. Bu filmlar va o‘yinlarda to‘liq sho‘ng‘ish imkonini beradi. "Akslarsiz" texnologiyasi ekrandagi aksni kamaytirib, turli yoritishda tasvir aniq ko‘rinishiga yordam beradi.
* 4 ta asosiy xususiyat: Real Black va Real Color bilan "Akslarsiz" texnologiyasi | suzuvchi dizayn | o‘yinlar uchun mukammal to‘plam | Vision AI Companion
Neo QLED
Yorug‘ xonalar va kundalik premium tomosha uchun mos
Samsung Neo QLED televizorlarida Mini LED texnologiyasi va aniq lokal xiralashtirish texnologiyasi qo‘llangan. Bu yuqori yorqinlik, a’lo kontrast va batafsil tasvirni ta’minlaydi.
* 4 ta asosiy xususiyat: Vision AI Companion | Kvant Mini LED | 100% rang hajmiga ega haqiqiy QLED | Motion Xcelerator 144 Hz
Mini LED
Yorqin va tiniq kundalik tomosha uchun mos
Samsung Mini LED televizorlarida Mini LED orqa yoritish texnologiyasi qo‘llangan. U tasvirni yorqin va aniq qiladi, tomoshadan olinadigan taassurotni esa yanada yuksaltiradi.
* 4 ta asosiy xususiyat: Vision AI Companion | Mini LED | Motion Xcelerator 144 Hz | AI Football rejimi
QLED
Yorqin ranglar va kundalik maroqli tomosha uchun mos
Samsung QLED televizorlari yorqin ranglar, ta’sirli tasvir sifati va smart funksiyalar bilan kundalik tomoshadan zavq beradi.
* 4 ta asosiy xususiyat: Q4 AI protsessori | kvant nuqtalari yordamida 100% rang hajmi | AirSlim | cheksiz bepul kontent
Crystal UHD
4K formatdagi ko‘ngilochar tomosha va smart TV’ning eng zarur imkoniyatlari uchun mos
Samsung Crystal UHD televizorlari aniq 4K tasvir va sevimli kontentingizga oson kirish imkonini beradi.
* 4 ta asosiy xususiyat: Vision AI Companion | 4K Upscaling | dinamik tovush to‘plami | Football rejimi
The Frame
Dizayn muhim bo‘lgan interyerlar va
san’at ixlosmandlari uchun mos
Samsung The Frame Art Mode3 yordamida televizoringizni san’at displeyiga aylantiradi. Televizor ko‘rmayotgan paytingizda undan san’at asarlarini tomosha qilishingiz mumkin. Rasm ramkasiga o‘xshash dizayni interyerga mos tushadi, "Akslarsiz" texnologiyasi esa asarlar va kontent aniq ko‘rinishiga yordam beradi.
* 4 ta asosiy xususiyat: zamonaviy ramka dizayni | san’at rejimi | "Akslarsiz" texnologiyasi | Vision AI Companion
Qaysi o‘lchamdagi televizorni tanlashim kerak?
Televizorga qancha masofadan qarashingizni ko‘rsating, biz esa sizga eng mos ekran o‘lchamini tavsiya qilamiz.
Televizor hajmini tanlashga ishonchingiz komilmi?
Xonangiz uchun mos televizor o‘lchamini toping
Tomosha masofasi (metr)
Samsung televizorlari haqida batafsil
Samsung Vision AI
Nima uchun aynan Micro RGB?
Nima uchun aynan OLED?
Nima uchun aynan The Frame?
- * Dunyoda 1-raqamli televizor: manba – Omdia. Ma’lumot faqat tanishtirish uchun berilgan, u tasdiq, sertifikat yoki tavsiya hisoblanmaydi; unga tayanish uchun javobgarlik zimmaga olinmaydi.
- * Funksiyalar modelga qarab farq qilishi mumkin. Batafsil ma’lumot uchun har bir modelning texnik xususiyatlariga qarang.
- * Mahsulotning tashqi ko‘rinishi va texnik xususiyatlari o‘zgarishi mumkin.
- * Tasvirlar modellashtirilgan va faqat namoyish uchun mo‘ljallangan.
- 1. Color Booster Pro: tasvir sifati asl kontentning sifatiga qarab farq qilishi mumkin.
- 2. "Akslarsiz" texnologiyasi: Unified Glare Rating (UGR) baholariga asoslanib, UL Solutions Glare Free samaradorligini tasdiqlagan. Tasdiq quyidagi ko‘rsatkichlarda beriladi: Reflection Glare (aks nuri) UGR ≤ 10, Discomfort Glare (noqulaylik tug‘diruvchi yaltirash) UGR ≤ 22 va Disability Glare (ko‘rishga xalaqit beruvchi yaltirash) UGR ≤ 34. Natijalar xona ichidagi yoritish sharoitida o‘tkazilgan sinovga asoslangan.
- 3. Art Store: Wi-Fi va Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi. Art Store’dagi barcha san’at asarlaridan bahramand bo‘lish uchun obuna kerak. Art Store Streams orqali har oy yangilanib turadigan 30 ta san’at asari taklif etiladi, yil davomida esa 70 dan ortiq bepul atmosfera kontenti mavjud.